Mol-mulkni qayta sotib olish (vыkup) yuzasidan
Assalomu alaykum! Amalga oshirayotgan xayrli ishlaringizda Alloh o‘zi madadkor bo‘lsin. Shu paytgacha o‘qigan ma’lumotlarimdan xulosa qildimki, biron bir shaxsga pul berib yana pul ko‘rinishida ko‘paytirib olish ribo (sutxo‘rlik), boshqa ko‘rinishda investitsiya kiritib foyda ko‘rish joiz. Masalan, uy sotib olib uni ijaraga berish yoki mashina va boshqa mol - mulklar. 1-savolim ushbu xulosam to‘g‘rimi? Shundan kelib chiqib 2-savolim, albatta kimdadur mashina olishga puli etarli bo‘ladi kimdadur yo‘q. Xabaringiz bor ushbu holatda mashina oluvchilar qayta sotib olish (vыkup) imkoniyatidan foydalanishadi. Shunda mashina hamkorlikda sotib olinadi ya’ni, oluvchi o‘rtacha 40 foizini qolgan 60 foizini hamkor shaxs tomonidan tikiladi. Ma’lum muddat ichida ushbu 60 foiz miqdordagi pul bo‘lib-bo‘lib to‘lab berish evasiga kelishiladi (1 yildan kamroq yoki ko‘proq). Misol uchun oyiga 5 foizdan 18 oy deb kelishiladi, bu holatda 18*5=90 foiz, ko‘rinib turibdiki hamkor shaxs mashinaning 60 foizini to‘lab berib ma’lum muddatdan so‘ng 90 foiziga ega bo‘lyapti. Oluvchi mashinadan foydalanganligi uchun ko‘proq to‘layapti, hamkor shaxs esa 60 foizini 90 foiz qilib daromad qilyapti. Mashina to‘liq sotib olib ijaraga berish mumkin lekin qisman sotib olib mana shu tartibda ijaraga berish mumkinmi? Odatda mashina oluvchi tomonidan tanlanadi va narxi kelishiladi. O‘zr o‘zim ham ushbu holatlar ijrochisi bo‘lganligim sababli maydalab yozdim. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Unday qilmaslik kerak. Balki avval 60%ning egasi xaridor bilan “men naqdaga mashina sotib olsam, sen nasiyaga necha pulga olasan” deb kelishib olsin. Naqdini qancha berasan, nasiyasini qanchada berasan buni ham kelishib olsin. So‘ng 60% naqd 40% nasiya qilib mashinani sotib olsin. So‘ng xaridorga 40% naqd qolgani bir yoki ikki yilga nasiya qilib sotsin. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 15:31 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar