Ixtiloflar haqida

aziz Ustoz.Men sizga siz o‘zingiz yaxshi ko‘rgan umidlaringiz ushalmog‘ini Allohdan so‘rayman. Sizga bu savolni berish oldidan uzoq o‘yladim. bir yoki ikki hafta... sizning Ixtiloflar... kitobingizni o‘qidim-u, ixtiloflarga barham berish shunchalar oson ekan-ku, nega musulmonlar buni anglab etmaydilar, degan xulosaga keldim. (rostdan xam oson agar siz yozgan kitobni o‘qisalar) Aziz ustoz, sizdan so‘ramoqchi bo‘lganim nima uchun ana ixtiloflar aynan musulmonlar o‘rtasida bor. dunyodagi notinch musulmon yurtlarida ham notinchlikning sababi- ixtiloflar.nima uchun boshqa dinlar vakillarida ixtilof kuzatilmaydi? To‘g‘risi, o‘ylab qiynalib ketdim. Ustoz, yoki men yanglishdimmi? Alloh asrasin sizni.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizga o‘xshab kitob o‘qimagani, o‘ylab ko‘rmagani uchun musulmonlar ixtilof qiladilar.

6 May 2022, 15:31 | Savol-javoblar | 168 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar