Mammolog kasbi

Assalomu alaykum! Ustozlar, men tibbiyot oliygohi talablasiman. Kelajakda mammolog bo‘lmoqchiman, bilamizki, ayol mammologlar juda kam jamiyatimizda. Hozirda biz yashayotgan shahardagi eng tajribali mammologlar erkak kishilar. Barchasi otamdan ham katta. Shu insonlarga shogird tushib, birga yurib o‘rgansam bo‘ladimi bu sohani? Albatta bu ayollar foydasiga. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi holatdan kelib chiqib o‘rganishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 19:00 | Savol-javoblar | 196 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar