Mullachilik qilib pul topish

Assalomu alaykum! Men Xiva tumanidanman, Alxamdulillax 1 yildan oshdi din ilmini Alloh xoxlaganicha o‘rganib kelyabman. Bizning maxallamiz 5ga bo‘lingan, xar birida bitta mulla akalar bor. Qur’on o‘qishni bilgan kishini saylab ko‘yishadi, shularga mulla aka deydi. Ular to‘y va boshqa marosimlarga borib duo qilib Qur’on o‘qib berishadi. Maxalamiz bosh imomi meni shu maxalaning biriga mulla bo‘lishimni iltimos qilyabdi. Men Qur’on o‘qib duo qilib berganim uchun bergan pularni olishim joizmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo ilm o‘qing. Tajvid ilmini o‘rganing. Halol haromga tegishli masalalarni o‘rganing. Keyin xizmat qilishni boshlang. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 15:42 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar