Aybni yashiruvchi duo

Assalomu alaykum! Qiyomatda ayblarni yashiruvchi duo bormi? Iltimos bo‘lsa aytsangiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iltijo. عن سُفْيَانَ بْنَ عُيَيْنَةَ ، يَقُولُ : " يُستَحَبُّ لِلرَّجُلِ إِذَا دَعَا أَنْ يَقُولَ فِي دُعَائِهِ : اللَّهُمَّ اسْتُرْنَا بِسِتْرِكَ الْجَمِيلِ ، قَالَ سُفْيَانُ : وَمَعْنَى السِّتْرِ الْجَمِيلِ : أَنْ يَسْتُرَ عَلَى عَبْدِهِ فِي الدُّنْيَا ثُمَّ يَسْتُرَ عَلَيْهِ فِي الْآخِرَةِ مِنْ غَيْرِ أَنْ يُوَبِّخَهُ عَلَيْهِ Sufyon ibn Uyayna rahmatullohi alayh:
“Kishi duo qilganida duosining ichida “Allohummasturnaa bisitrikal jamiil” deyishi mustahab sanaladi” deb “sitri jamiil”ni Alloh dunyoda bandasining aybini berkitib, oxiratda ham uni sharmanda qilmasdan aybini berkitishdan iboratdir – deganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:50 | Savol-javoblar | 172 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar