Gunoh ishni aytish
Assalomu alaykum! Bir insonni gunoh qivotgan bo‘sa uni 3 marta aytib ogohlantrib etqazib qo‘yiladi, 3 martadan keyin bo‘ynidan soqit bo‘ladi, muhimi aytdi u yog‘i o‘zini bo‘yniga degan gap to‘g‘rimi? Yoki bu narsa har gunoh ish qivotganni ko‘rganida aytib ogohlantrish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo ba’zi bir mushriklar haqida “fahum laa yu’minun” ular aslo iymon keltirmaslar deb xabar berdi. Haqiqatda ham shunday bo‘ldi, Allohning xabari yolg‘on bo‘lishi aslo mumkin emas. Balki muholdir. Shunday bo‘lsada Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni Islomga chaqirishda bardavom bo‘ldilar. Chunki u zot chaqirishga buyurilganlar, natija beruchi Zot Alloh. Har bir chaqirganlari evaziga savob olganlar. Bizning vazifamiz ham shu, chiroyli yo‘l bilan chaqiraveramiz, savobini olaveramiz, natija Allohdan. Alloh sabab qilib biror yaxshi natijani nasb qilsa nur ustiga nur. Uni qiladigan ibodatidan olgan savoblaridan ham tenma teng nasibador bo‘lamiz. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 15:52 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar