Xomilador sigirni so‘yish

Assalomu alaykum! 3 oydan beri qaynotam sigir olib sotish uchun boqayotgan edilar. Sigirni sotgan egasi qasam ichib xomilador emas deb sotgan, yaqinda boqib pul kerakligi uchun so‘yib sotganlarida xomilador ekan. Bu qanchalik gunoh? Agar gunoh bo‘lsa kimda gunoh?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunoh emas, lekin unday molni so‘yish tavsiya etilmaydi. Shariatimizda tug‘ishga yaqin qolgan bo‘g‘oz molni so‘yish makruh. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 16:25 | Savol-javoblar | 162 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar