Bilganini qil deyish

Assalomu alaykum! Domla boshim berk ko‘chaga kirib qoldi. Men xotinim bilan 2 oy oldin urushgan edik. U menga ajrashaman dedi. U burun xam urushsak ajrashaman derdi. Ishim bo‘lmasdi, yupatar edim, ajrashish noto‘g‘ri derdim. Bu safar yana janjallashdik, yana ajrashaman dedi. Men juda qattiq g‘azablandim va bilganini qil dedim. Shu xollatta taloq tushadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar bo‘ldi ajrashdim deb ajrashishni tanlagan bo‘lsa taloq tushadi. Agar tanlamagan bo‘lmasa taloq tushmaydi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 16:25 | Savol-javoblar | 176 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar