Ustozdan xolis echim surab

Bismillaaxir Roxmaanir Roxiym!Assalomu alaykum va roxmatulloxi va barokaatux!Muxtaram Ustoz, Shayx Xazratlari,Allox subxanaxu va ta’ologa Uz makomiga yarasha xamd va shukronalar bulsin, biz bandalariga Sizdek zabardast olim, xak diyni Islom peshvosi, Ustoz ila bizni siyladi va raxmatidan baxramand kildi. Xech ajab bulmaydiki, Ul Buyuk Zot, yaratgan Egamiz, sizni sabab kilib, biz bandalarini xak yulda bardavom bulishimizni nasib etsa, insha Allox!Sizga ijozatingiz bilan bir vaziyat, ayni damda kup va xup suraladigan, ya’ni uylanishda ota-onaning rizoligini olishga oid masala yuzasidan murojaat etmokchiman, va inshaallox, berajak javobingizni ota-onam va ularga suzi utadigan birodari-azizlarimizga xavola kilmokchiman! Sizga, avvalgi nikox marosimiga oid savolimdan yaxshi ma’lumki, uzim istagan, niyat kilgan solixa, diyn va dunyo ta’limoti chukur egallagan, shariat axkomlarini tukis bajarishga kirishgan va xar ishida Alloxni rizoligini kuzlab ish tutishni uziga maksad va dasturul-amal kilib olgan kizni uz nikoximga olishlikka axd kildim, va buni u kishini uziga xam ayon etdim. Agar ota-onalarimiz rozi bulishsa, taklifimni kabul kilishlarini bildirdilar. Zotan, Paygambarimizdan kelgan xadisga oid aynan diyndor va diynimni yarmiga egalik kilishimda sababchi buladigan juftu-xalolni Allox kamina ojiz bandasiga etkazdi, degan umidda va ishonchdaman. Lekin bu xushxabarni ota-onamga etkazganimda va kiz borasida ma’lumotlarni etkazganimda keskin ravishda karshilik kursatdilar va xamon kursatib kelishmokda, ularning bunday kilishlariga kuyida uzimga ma’lum bulgan omillar sababchi bulmokda, bular:1. Kiz bizning sayyidlar naslidan emasligi;2. Toshkentdan emasligi, urflarimizni tushunmasligi;3. Yoshi menga nisbatan biroz kattaligi;4. Bulajak nikoximizni va undagi oldi-berdi ishlarini ularni xoyu-xavas, mavjud urf-odatligiga zid ravishda utkazmokchiligim va xokazo.Subxanaalloxi, axir yukorida keltirilgan birorta omillar, shar’iy xisoblanmaydi, nega ularga amal kilishim va kunishim lozim buladi? Valloxi, agar u kizga uylanishim uchun zid keladigan yagona shar’iy asos keltirsalar edi, u aziz kishilarim xakki-xurmati, suzsiz kabul kilgan bular edim. Ota-onamni xurmat kilaman va shar’iy doirada buyurajak barcha kursatmalarini bajarishga, roziliklarini olishga tayyorman, lekin usha doiradan tashkarida bulsa, uzrimni chiroyli suratda aytishga xarakat kilaman. Aytishigshiz mumkin, sabrli buling, deb, lekin ayni xolatim uylanish kaminangiz uchun vojib amal darajasiga chikkanligi, va agar ortga surar bulsam, xayollarimni, fikru-zikrimni takror shayton vasvasasi egallashidan, buning okibatida zikrimga, namozimga, undagi xushu’imga, urganayyotgan Kur’on ilmimga, kilayotgan ishimga, kuyingki, ruxiyatimga salbiy ta’sir utkazishidan juda kurkaman va bu kabi xolatlar avval boshimdan utganligini xam Sizga oshkor kilaman. Ammo, ularga shu paytga kadar xolatimni, ezgu karorimni xadislarni namuna kilib bulsada kursatayotgan karshi omillari aslida bexuda ekanligini tushuntirsamda, xech kor kilmayotir.Ustoz Janoblari, musofirchilik xayoti men uchun Alloxning raxmati buldi, aslida nega yaratilganimni, yashashdan asl maksad ne ekanligini bildirdi, fikrlashim, yurish-turishimda, amallarimda, tushunchalarimda, oldimda kuyadigan reja-maksadlarimda, kuyingki, xayotga karashimda uzgarish, portlash, burilish sodir buldi, bunga Allox sizdan rozi bulsin, Ul Zotning yordami bilan yozayotgan, aytayotgan kitob-ma’ruzalaringiz, forumlarda bildirayogan javoblaringiz, kursatmalaringiz goyat axamiyatli urin kasb etayotir. Shu zayilda ketishni, bu yulda Alloxni Uzidan kumak suragan xolda sobit bulishlikni, turli gunoxlardan tiyilishimda, bardavom bulishimda ilmi, kat’iyati, tajribasi bilan xissa kusholadigan umr yuldoshim bulishini nixoyatda xoxlayman, toki barobar Alloxni roziligini topaylik, yakinlarimizni, boshkalarni xidoyat yuliga tushib olishlarida sababchi bulaylik, solix va solixa farzandlarni voyaga etkazaylik, inshaallox!Shayx Xazratlari, aziz insonim, bu chigal vaziyatimni Sizga bildirib, kimmatli vaktingizni olganim, bezovta kilganim uchun ma’zur tutgaysiz va zamoningiz bulganda javobingizni bildirishingizni iltimos ila suragum, toki u bilan men, oilam tugri xulosaga kelaylik, xech adashib, uzlarimizga zulm kiluvchilardan bulmaylik! Bu masalani bevosita ruxsatingiz ila xuzuringizga ota-onam bilan birga borib, bildirib, fikringizdan boxabar bulishimiz mumkin edi, birok, yurtdan yirokdaligim bunga tuskinlik kiladi.Allox ta’olo kilayotgan amallaringiz savoblarini kupaytirib noma’i-a’molingizga yozishini, umringiz ziyoda, bundan xam barokatli bulishini surab xakkingizga duo kilaman, va Sizdan xam bizning xakkimizga duo kilishingizni surab kolaman.Chukur extirom ila,Faxriddin Rustamxuja ugliVa assalomu alaykum va roxmatulloxi va barokaatux!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Fikrlaringiz to‘g‘ri. Siz ota-onangizni ko‘ndirishda ularga tasiri o‘tadigan odamlardan yordam so‘rang. Allohdan ko‘mak so‘rab duoda bo‘ling.

27 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar