Maslahatingizga muxtojman

Assalomu alaykum! Bugun onam menga bir kuylagingni menga olib ber tikuvchiga ko‘rsataman, shunday qilib boshqa tiktiramiz dedilar, men xup deb berdim. Keyin ketdilar, peshinlada uyga qaytdilar. Men borib keldizmi deganimda, uydan olib ketgan ko‘ylagimni berib manga kiyib ko‘r dedilar. Nega desam bir mulla buvaga borganakanla kuylagni nimadirla qilarkan bir narsalar o‘kirmish, uni kiysa baxti ochilib ketarmish. Men rozi bo‘lmadim albatta Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni kim folbinlaga borsa va ulani aytganiga ishonsa dindan chiqibdi, kofir bo‘ladi degan xadislarini eshitgandim. Onam bir kiysang buldi deb rosa undadila men yo‘q kiymayman deb uydan chiqmoqchi edim, man sanga yomonlikni ravo ko‘ramanmi deb, mandan norozi bo‘ldilar xatto ko‘zlarini namlanganini sezdim, qo‘rqib ketdim(ota-onaga oq bo‘lish)ga shu kifoya ekan. O‘zi unaqalaga zarracha xam ishonmayman, keyin majbur kiydim, keyin darrov echib tashadim, aslida yangi ko‘ylak edi, bir marta xam kiymagandim. Maslaxat bering nima qilishim kerak, bu qilganim uchun gunoxkor bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda “Folbinni gapini tasdiqlasa” deyilgan. Tavba qilinglar, onangizga gapi o‘tadigan odamlarga ayting boshqa bunday qilmasin. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 02:22 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar