Ro‘mol ustidan mash

Assalomu alaykum! Bir yaqin insonim namozxon, doim xijobda yuradi. O‘zi birovni uyida kvartira turadi. Taxorat vaqtida boshqalarni ya’ni begonalarni ko‘zi tushmasin deb xijobning ustidan boshiga masx tortadi. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu boshidagi narsaning yupqa bo‘lib tagidagi sochiga suv tegishi yoki tegmasligiga bog‘liq. Agar boshidagi ro‘moldan boshining to‘rtdan biriga o‘tmasa bu tortgan mashi o‘tmaydi. Mabodo ro‘molini ichidan qo‘lini tiqib boshiga mash tortsa bo‘ladi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sallalarini echmay ichiga qo‘lini kirgizib mash tortganlari hadislarda keladi. Bundan sallani tepa qismiga mash tortishni tushunmaslik kerak. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 16:58 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar