Vaqt ozligida

Assalomu alaykum! Men har doim odatda namozlarimni g‘usl yoki tahorat bilan o‘qib kelaman lekin bugun taqvim bo‘yicha qarasam quyosh chiqishiga 3 daqiqa qolgan ekan tahorat qilib kelib o‘qishga ulgurmasligimni bilib tayammum qilib faqat bomdodni farzinigina o‘qidim. Shu namoz to‘g‘ri bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri qilgansiz. Modomiki suv bor ekan tayammumga ruxsat yo‘q. Vaqtning chiqib ketayotganligi tayammumni joiz qilmaydi. Shu tarzda o‘qigan namozlaringizni qayta o‘qing. Vallohu a’lam!

28 Oktabr 2023, 14:08 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar