ikkinchi jamoat

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, ikkinchi jamoat makruh ekanligini bildim. Agar masjidga jamoat namozni o‘qib bo‘lgach kirgan bo‘lsam va ikkinchi jamoatni ko‘rsam unga iqtido qilganim yaxshimi yoki yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Islom firqalanmaslik, odam ajratmaslik, musulmonlar bir-birlariga o‘ta mehribon, banda bilan Allohning o‘rtasida gunoh qilsa to‘g‘ri yo‘lga chaqirib sharmanda qilmay, xatolari sodir bo‘lsa undan ko‘z yumib bilmaslikka olib ittifoqlikda yashashni targ‘ib qiladi. Bir necha choyxona, oshxonalarda befoyda narsalarga mashg‘ul bo‘lib, jamoatga chiqaylik deganlarga “u imom menga yoqmaydi, u fe’li bor, bu fe’li bor” kabi g‘iybatlarni qilib, “o‘qish bo‘lsa o‘zimiz kirib jamoat bo‘lib o‘qiyveramiz” deyishlaridan yoki katta jamoatni o‘rniga 3-4 kishilik jamoatni ustun qo‘yishdan ham qaytaradi. Imom bo‘luvchi kishilar ikkinchi jamoat qiluvchilarni tarafini olmay jamoatni bittalashtirishga, kattalashtirishga, imomlarning haqqlariga qilinadigan g‘iybatlarni tugatishga, uzoq o‘tirib taomlanishdan ko‘ra katta jamoatga borib ko‘proq savob olishga targ‘ib qilishlari shart. Chunki shariatimiz mahallani mahalla masjidiga shaharni juma masjidlariga dunyoni Ka’ba atrofida jamlanishiga chaqiradi. Qanchalik jamoat maydalashsa shuncha qalblarini bir-birlariga nafratlanishi, parokandalik, ayrilgan qo‘zi kabi bo‘lish ko‘payaveradi. 1-2 bor yolg‘iz o‘qishga targ‘ib qilinsa, odamlar katta jamoatga kelishni odat qilishadi. Shuning uchun ham ikkinchi, uchinchi va o‘ninchi jamoatlarni makruh qilgan. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 12:09 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar