Qaynona haqidagi hadis bormi?

Assalomu alaykum! Quyidagi rivoyat biror asosga egami? Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam davrida bir ayol kelib eridan shikoyat qildi: - Yo Rasululloh, erim har kuni onamni tilga olib so‘kingani so‘kingan. Nima qilay? - deb yig‘lab yubordi. Shunda Payg‘ambarimiz alayhissalom: - Onangiz tirikmi? - deb so‘radilar. Ayol: Yo‘q, - deb javob berdi. - Qaynonangizchi? - deb so‘radilar. - Yo‘q, - deb javob beradi ayol. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: - Hozir borib onangiz va qaynonangiz qabridan ozgina tuproq olasiz-da, xaltacha tikib, uyning ikki tarafiga osib qo‘yasiz. Eringiz so‘kingan paytda ularga qarang. Qaysi xaltachadagi tuproq titraydi? - debdilar. Ayol Rasululloh aytganlaridek qilibdi. Shunda qarasaki, erining har so‘kinganida qaynonasining, ya’ni erining onasining qabridan olingan tuproq xaltacha titrab ketar ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu to‘qima rivoyat. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:24 | Savol-javoblar | 170 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar