Islomda maqtov
Assalomu alaykum shayx xazratlari quyidagi xadis sizga xavola qilinmoqda "Abdullox ibn Shuxayr (r.a)aytadilar : Men bani Omir qabilasining vakillari bilan Rasulullox s.a.w xuzurlariga keldim.Shunda xamroxlarim Rasulullox :saw ga "Siz bizning sayyidimiz, xo‘jamissiz deyishganda," Rasulullox xaqiqiy sayyid Allox Taolodir"- dedilar. Ular yana :"Siz ortiqlikda hammamizdan afzalroqsiz va yana exson qilishda ham hammamizdan ulug‘rog‘imizsiz "- deyishdi.Shunda Rasulullox s.a.w "sizlar menga o‘zingizni oddiy gaplaringizni gapiravering . Shayton sizlarni o‘z yo‘liga yurgizib ketmasin"- dedilar.Kitobdagi izox:Rasulullox s.a.w g‘oyatda tavozeli bo‘lganlari uchun arablarning "Sayyiduna va movlono deydigan va O‘rta Osiyo xalqlarining "taqsir , janoblari kabi hurmat tariqasida aytadigan gaplarini o‘zlariga aytishni istamas va shunday muomala qilmaslikni ummatlatiga ham o‘rgatmoqchi edilar.Manbasi:Imom Ismoil Al-Buxoriy "Al-Adab Al-Mufrad (Adab durdonalari) Toshkent 1990 yil 107- bob , 210- xadis. Shayx hazratlari qori bo‘lmagan insonlarga "qorixon, mulla" deb murojat etish va ismlarga "xon, jon, shox" qo‘shimchalar qo‘shib aytish Misol: Muxammadxon, Abdulloxon, Mirshoxid, Xurramshox deb chaqirishda shariatimiz xukmi qanday. Allox hammamizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz keltirgan gaplarda noaniqlik bor. Savolingiz ham noo‘rin chiqqan. Aslida gap quyidagicha:Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birortangiz «qulim» yoki «cho‘rim» demasin. Mamluklar «Robbim» va «Robbiyam» demasin. G‘ulomim yoki joriyam, sayyidim, sayyidam, deyilsin. Hammangiz mamluksizlar. Robb Alloh azza va jalladir», dedilar».Demak, Allohdan boshqani robbim deyish mumkin emas ekan. Arablarda xo‘jayinni «Robbim» deyish odati bor.Ushbu hadis ham qullarning manfaatini ifodalaydigan hukmlarga oid hadislardandir. Hatto oddiy suhbatda, muomalada ham qul va cho‘rilarning izzatini paslatuvchi so‘zlarni ishlatish mumkin emasligi ta’kidlanmoqda.Abu Nazradan, u kishi Matrofdan rivoyat qiladi:«Otam aytdiki:«Bani Omir vakillari tarkibida Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bordim. Bas, ular «Siz bizning sayyidimizsiz», deyishdi. Shunda U zot: «Sayyid – Allohdir», dedilar. «Siz eng afzalimizsiz va eng ulug‘imizsiz», deyishdi. «Mana shu so‘zingizni ayting. Shayton sizlarni o‘ziga malay qilib olmasin», dedilar».Ya’ni, ulug‘lash ma’nosida shariatga to‘g‘ri kelmaydigan gaplarni gapirmanglar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘ta kamtar, mutavoze’ inson bo‘lganlaridan Islomga yangi kirgan ummatlarining «Siz sayyidimizsiz» degan so‘zlarini rad qilib, «Sayyid faqat Allohdir, menga nisbatan bunday gap aytmanglar», dedilar.Bundan avvalgi hadisi sharifda xojalar qul va cho‘rilarni erga uruvchi nomlar bilan atamasligi haqida so‘z borgan bo‘lsa, bu hadisi sharifda qul va cho‘rilar o‘z xo‘jayinlarini ular sazovor bo‘lmagan ulug‘vorlik nomlar bilan atashlari durust emasligi ta’kidlanmoqda. Mazkur vakillar guruhining Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Siz sayyidimizsiz» degan gaplari ayni U zotga Alloh taologa xos sifatni berish ma’nosida bo‘lganligi ko‘rinib turibdi. Ular o‘z ulug‘larini shu kabi so‘zlar bilan ulug‘lab kelgan edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yangi musulmonlar eski fikrlari asosida payg‘ambarlik ham dunyoviy ishlarga o‘xshash sayyidlik ilinjidagi omil degan fikrga borib qolmasinlar degan maqsadda ularni «sayyid» deyishidan qaytardilar, xolos.Aslida esa o‘zlari Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda «Qiyomat kuni men Odam farzandining sayyididirman», deganlar. -
2 May 2022, 20:56 | Savol-javoblar | 196 | Dolzarb savollar