Kriptovalyuta

Asssalomu alaykum! Bitkoin harom qilinganligi to‘g‘risida xabarim bor. Lekin Amerika fiqh konsuli bitkoinni halol deganmush. Shu holatni tushuntirib bersangiz. Bilishim bo‘yicha islomda bir narsa harom deb fatvo chiqarilsa barcha musulmonlar uchun tegishli bo‘ladi. Ustozlar buni o‘zim uchun halol qilib olish niyatim yo‘q. Lekin ushbu holatga tushunmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Butun dunyo musulmon ulamolari uyushmasining bosh kotibi doktor Ali Muhiddin Qoradog‘iy “musulmonlarga buni tavsiya qilmaymiz, joiz emas” deb fatvo berdilar. Hozircha fatvo shu. Kelajakda ulamolar biror fatvo aytishsa keyin biz ham biror narsa deyishimiz mumkin. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 17:42 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar