KULOGINI UChI KESILGAN KUYNI KURBONLIK KILISh XAKIDA

ASSALOMU ALAYKUM VA RAXMATULLOXI VA BAROKATUXU!Muxtaram ustoz, sizga savol bilan murojaat kilishga ijozat bergaysiz."Zikr axlidan surang" risolasining 56-sonida Paygambar S.A.Vning kurbonlik tugrisidagi kuyidagi xadislari keltirilgan:Ali r.a dan rivoyat kilinadi:"Rasulullox S.A.V bizlarni kuz va kulogini yaxshilab kurib olishimizga; gilayni, mukobalani, mudobarani, xarkoni va sharkoni kurbonlik kilmasligimizga amr kildilar. Men:"Mukobala nima?"-dedim."Kulogining bir tomoni kesilgan" dedi."Mudobara nima?-dedim."Kulogining uchi kesilgan"-dedi."Sharko nima?"-dedim."Kulogi yorilgan"-dedi."Xarko nima?" -dedim."Kulogi belgi uchun yirtilgan"-dedi".Sunan egalari rivoyat kilishgan.Yana usha kishidan rivoyat kilinadi:"Nabiy S.A.V kulogi kesik va shoxi siniklarni kurbonlik kilishdan kaytardilar".Yukoridagi xadisga binoan kulogining uchidan kesilgan bulsa yoki kulogi belgi uchun kesilgan bulsa va bu kesiklar kulokning uchdan bir kismini tashkil kilmasa xam kurbonlikka suyish durust emasmi?Ushbu masalaga mukammalrok munosabat berishingizni suraymiz.Javobni intizorlik bilan kutib kolamiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qurbonlikka aylanbosh, shoxsiz, bichilgan va qo‘tir hayvonlarni so‘ysa bo‘ladi. Ammo o‘ta ozg‘in va so‘yar joyga yurib bora olmaydigan cho‘log‘i bo‘lmaydi. Shuningdek, qulog‘i, ko‘zi, dumbasi va dumining uchdan biri ketgani ham bo‘lmaydi.

21 Aprel 2022, 12:09 | Savol-javoblar | 179 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar