So‘yish haqida

Shayx hazratlari, Alloh sizni biz musulmonlarni islom ziyosi ila ma‘rifatlantirish yo‘lida qilayotgan ulkan ishlaringiz uchun O‘z dargohidan cheksiz ajru-savoblar ato etish ila mukofotlasin, inshaalloh. Shu asnoda sizga ushbu hizmatlaringiz uchun tashakkurlar aytgan holda bir savol ila murojaat etishga ijozat bergaysiz: Hazrat, sizning "Hadis va Hayot" asaringizni 15-juzini o‘qishim jarayonida menda bir savol paydo bo‘ldi. Ushbu savolning mazmunini quyida bayon etishga ijozat bergaysiz: So’yayotib Allohning nomini tilga olish yoddan ko’tarilsa, ushbu go’shtning hukmi qanday bo’ladi ? Javobingiz uchun oldindan tashakkur. Alloh ilmingizni yanada ziyoda va martabangizni O‘z huzurida yanada ulug‘ qilsin. Allohim qilayotgan hayrli ishlaringizni yanada barakotli va bardavom aylasin. Qimmatli vaqtingizni olganim uchun rozi bo‘lgaysiz. Alloh sizni va oila a‘zolaringizni hamisha O‘z panohida asrasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar so‘yuvchi Alloh taoloning ismini aytishni esidan chiqarib qo‘ysa, so‘ygani halol bo‘ladi. Chunki, shariatimizning umumiy qoidalaridan biri–esidan chiqqan ibodatning afv qilinishidir. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘z hadislaridan birida uxlab qolgan, esidan chiqqan va majbur qilingan kimsaning afvli ekanligini bayon qilganlar.Ba’zi rivoyatlarda zikr qilinishicha, odamlar Pay-g‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan so‘yish paytida «Bismillah»ni esidan chiqarib qo‘yish haqida so‘raganlarida u zot alayhissalom: «Allohning ismi har bir musulmonning qalbidadir», degan ekanlar.Ulamolarimiz: «Agar so‘yish paytida «Bismillah»ni aytishni unutganning so‘yishini harom deyilsa, ulkan torlik bo‘lar edi», deganlar.

6 May 2022, 17:53 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar