Turmush qurmagan qiz chet elda yashashi

Assalomu alaykum! Meni yoshim hozir 17da oilada yolg‘iz farzandman. Menga mahram bo‘lganlar barchasi oilalik. Ya’ni amaki tog‘alari va hokazo. Adam chet elga chiqa olmaydilar. Men 20-21 larga to‘lganimda chet elda o‘qimoqchi edim. Men u erga 4 yil yoki undan ko‘p yashashni qasd qilsam ham menga mahram kerakmi? O‘zimizda ham surishtirish ishlari olib bordim. Ammo bilim darajalaridan qoniqmadim. Ko‘plab ilmli insonlar, xususan, shayx hazratlari ham chet elda yashaganlar. Ilm olganlar. Balki tushunchalarim xatodir. Men hozir shu aynan mahramsiz chet elda yashash haqida surishtirmoqchi edim. Turmushga chiqishni maslahat berishingiz ham mumkin. Ammo o‘zim uchun ham bilmoqchi edim. Hanafiy mazhabida 96km safar masofasi va u erda 15 kun qolishni qasd qilsa muqim bo‘ladi deb o‘qidim. Borib yashashda ayollar uchun mahramsiz hukm qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mahram olib borib, mahrami qaytarib olib kelsa bo‘ladi. U erda mahramsiz muqim bo‘lib yashashi mumkin. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 17:53 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar