Qarz berib foyda olish

Assalomu alaykum! Bir kishi 3 oy muddatga 3000$ qarz berib, muddat tugagandan so‘ng 3000ni va foydani yarmini olmoqchi. Bunga shariatimiz nima deydi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biror ishga pul tikishini va foyda ko‘rsa yarmini olishini aytgan bo‘lsa muzoraba degan shartnomaga tushadi. Qarz berib turib to‘g‘ridan to‘g‘ri foyda olaman desa sudxo‘rlik bo‘ladi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 18:04 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar