O‘qituvchilar ro‘mol o‘raganlarni nega yomon ko‘radi
Assalomu alaykum! Men maktab o‘quvchisiman bir ustozimiz bor ro‘molimizni ko‘p gapiradigan. Ya’ni ruhsat berishdamas gap ularning ro‘mol o‘ragan qizlar haqida tushunchalari yaxshi emas. Shu yaqin kunlarda menga juda qatiq gapirdila ro‘mol o‘ragan qizlarni ko‘ryapman nimalar qilib yurganini deb, vaholanki men o‘zim ham ro‘mol o‘rayman. Shu gaplariga jahlim chiqdi va uyga bordim yig‘ladim va Xudoga soldim sizni deb aytdim, lekin ustozimga hama ham unday emasku deyishdan boshqa hech narsa deya olmadim. Shunda ertasi kuni o‘zimga o‘zim qaytarib ol yaxshi gap aytmading dedim lekin shu Xudoga soldim degan so‘zimni qaytarib olishga kuchim etmayapti. Men shu vaziyatda nima qilay ularga gunoh yoziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unday odamlarga islomni sevdirishga harakat qilish kerak. Afsuski hozirgi kunda o‘zini musulmon deydigan ba’zi bir erkak-ayollar Allohni buyurgan narsalarini qilsangiz g‘ashi keladi. Shayton buyurganlarini qilsangiz yoningizga tushib olib yoshiga ham qaramay jilpillaydi. Ularga Allohdan tavfiq so‘rashdan boshqa hech narsa demaymiz. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 12:59 | Savol-javoblar | 146 | Ta’lim va muta’allim