Mulkni xisobdan o‘chirish

Assalomu alaykum! Ishxona bergan mulkni (ryugzak, maxsus kiyimlar,...) ma’lum bir muddati kelganda xisobdan uchirishga (spisat) ruxsat bor. Buxgalteriya vaqti kelgan narsalarni AKT qilib xisobdan o‘chirilar desa, lekin bu mulkning xali ishlatish resursi bo‘lsa xam bu narsalarga yaroqsizlik (defektnnыy) akt qilinib xisobdan o‘chiriladi. Bu narsalar xar doim xam yaroqsiz xolda bo‘lmaydi. Agar bu xisobdan o‘chirilayotgan narsalarni ko‘rmasdan yoki mulklar yaroqli ekanligini bilib turib, bu aktga qo‘l qo‘yish yolg‘on guvoxlikka kiradimi? 2. Shunday xisobdan o‘chirilgan mulkdan foydalanish qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Kirmaydi. Chunki hamma narsa ham tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lsa ichi ham yaroqli bo‘lib qolavermaydi. Inson ham 50-60ga kirib 30 yoshdek ko‘ringani bilan 30 yoshli yigitni xizmatini qiladigan bo‘lmaydi. Albatta muddat belgilashda o‘z mulkidek e’tibor qaratishi kerak.
2). O‘sha tashkilot nizomda nima yozilsa shu. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 18:04 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar