Ustalar faqat osh qilib bering deb talab qilishi

Assalomu alaykum! Bir do‘stim (Prorap) ustachilik qiladi, beton quyish, suvoq, otdelka va uydi ichini evro remont qiladi. Har safar remont qilgani borganda honadon egasiga "ustalar osh eydi bizga faqat osh qilib bering" deydi. Bizr honadonda 3 oy remont qilishsa ham, har kuni osh deydi. Men do‘stimga bu ishing yahshi emas, honadon egasiga qiyin bolishi ham mumkun va har kuni osh eyolmashi mumkun. "Bunday talab qo‘yish yahshi emas, honadon egasi o‘zlari har kuni qanday ovqat esa, sizlarga ham shu ovqatdan bersa boloradi" deyman. Ammo u osh qorindi uzoq to‘q tutadi, ishimiz qiyin deydi. Ammo ishining ko‘p qismi remont, engil ishlar. Hurmatli ustozlar dostimning talabi haqida shariatimizda nima deyilgan, bunday talab qilsa gunoh bo‘lib qolmaydimi? Bilishda yordam berishingizni so‘rayman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri talab qilar ekan. Haqiqatda xonadon ahliga zulm hisoblanadi. Agar o‘zlarini uyida ish qilishsa ham har kuni osh emaydi ular. Xonadon egasi bilan ovqatini kelishib olib, oshni o‘zining yonidan esin. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 18:15 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar