Jamoat namoziga oid ba’zi savollar
Assalomu alaykum! Jamoat namoziga oid ba’zi savollarim to‘planib qolgan edi. Shularni aniqlashtirib bersangiz.
Agar kishi jamoat namoziga etib kelganida imom ruku’ga ketgan bo‘lsa, u ham ruku’ga qo‘shilsa, o‘sha rak’atni o‘qigan xisoblanadimi yoki namozi tugaganida turib qayta o‘qishi kerakmi?
Jamoatga qo‘shilganida namoz boshlanib bo‘lgan bo‘lsa, ikki qo‘lini bog‘laganidan keyin "subhanakallohumma"ni aytadimi?
Faraz qilaylik men namozni 2 rak’atiga kech qoldim va salom berganidan keyin o‘sha 2 rak’atni o‘zim o‘qiyapman. Shu vaqt ortimdan boshqa odam kelib menga iqtido qilsa men nima qilishim kerak? Bilishimcha bizni hanafiy mazhabimizda bunday ish durust emas. Men yashayatgan joyda ko‘pchilik shofeiy mazhabida. Ular oldin muqtadiy bo‘lib turgan odamga o‘zi o‘qiyatgan bo‘lsa, imom deb iqtido qilib ketaverishadi va shu tarzda muqtadiy imomga aylanaveradi. Raxmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ruku’ga etib kelsa, o‘sha rak’atni topgan bo‘ladi. https://fiqh.uz/index.php/ibodat/namoz/683-namozdagi-sano 2). Hanafiy mazhabida unday qilish joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:36 | Savol-javoblar | 172 | Ibodatlar