Armiyaga ketaman namoz o‘ylantiradi
Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar sizlarni yana bezovta qilaman. Alhamdulillah namoz o‘qiyman va yaqin tanish odamlarni ham shunga davat qilaman. Hozir 2ta egiz bilan turaman. Birlari namoz o‘qiydi ikkinchisi ham harakat qilyaptilar. Lekin ular harbiy sohaga topshiradi. U erda mumkinmasligi namoz o‘qishni to‘xtatyapti ikkinchi egiz uchun. Lekin birinchisi o‘qiydi keyin to‘xtatib qo‘ymasligi uchun nima qilish kerak? Aslida bizning armiyada ruxsat berilganmi namoz o‘qish uchun? Iltimos to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson tug‘ilganidan to o‘lgunicha imtihonda. Bu imtihon haqiqiy bo‘ladi. Kimgadir ishida to‘sqinlik bo‘ladi, kimgadir boshqa holatlarda. Bu azaldan bo‘lib kelgan qiyomatgacha ham davom etadi. Shunday holatda ham farzlarini ado qilib, Alloh qaytarganlardan qayta olganlar najot topadi. Arzimas dunyo, uning ichida ham ma’lum bir oylik yoki obro‘ni yoki boylikni deb oxiratidan voz kechadiganlar hasratda qolishadi. Har qanday sohada ishlab turib namozlarini ado qiluvchilar bor. To‘sqinlik qanchalik ko‘p va qiyin bo‘lsa unga parvo qilmasdan ibodatiga mahkam bo‘lganlarning qadri Allohning nazdida ulug‘ bo‘ladi. Bu erda Allohning o‘ziga yolvorib madad so‘rash kerak xolos. Alloh Qur’oni karima qonun shaklida quyidagicha marhamat qilgan: وَمَن يَتَّقِ اللَّهَ يَجْعَل لَّهُ مَخْرَجًا وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُ إِنَّ اللَّهَ بَالِغُ أَمْرِهِ قَدْ جَعَلَ اللَّهُ لِكُلِّ شَيْءٍ قَدْرًا Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo‘lini ochib qo‘yadir.
3. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur. Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, unga U Zotning O‘zi kifoyadir. Albatta, Alloh O‘z ishini etkazuvchidir. Batahqiq, Alloh har bir narsaga o‘lchov qilib qo‘ygandir.
Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo‘lini ochib qo‘yadir. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur». (“Taloq” surasi). Vallohu a’lam!
6 May 2022, 18:26 | Savol-javoblar | 174 | Turli savollar