Uyga keltirilgan taom
Assalomu alaykum! Uyga mehmon kelganda quruq kelmaydi. Odatimizga ko‘ra olib kelgan taomini go‘shtli mahsulot bo‘lsa, masalan, tovuq uni halolmi deb so‘rasa xafa bo‘lishi mumkin. Chunki musulmon, lekin hozirda musulmonlar ham ishonib bilib-bilmay audio aylantirib so‘yilgan tovuq go‘shtini iste’mol qilishmokda. 1. Shunda nima yo‘l tutsak bo‘ladi? Taomini o‘zimiz emay oldiga qo‘yish kerakmi? Lekin boshqa mehmon yonida o‘tirgan bizga ishonib eyishi bor. Yoki tashlab yuborish joizmi? Agar halol bo‘lsa uvol bo‘lmaydimi? 2. Qo‘shni chiqargan go‘shtli taomni ham bilmasak hukmi qanday? So‘ralmay olib qolingan bo‘lsa halolmi? Bilmagan taomni “bismillah”ni aytib iste’mol qilsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Odatda taqvodor va halolga e’tiborli kishilarni taomini surishtirilmaydi.
1). Haromni tashlash uvol bo‘lmaydi.
2). Shuning uchun hamma o‘z e’tiqodini, harom-halolga bo‘lgan munosabatini bildirib qo‘yish kerak. Bilmagan taomni “Bismillah” aytib eyish joiz emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:33 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar