Alloh 2 toifa kishiga kuladi hadisi sahihmi?

Assalomu alaykum! Bir hadisni eshitib qoldim. Shu hadis sahihmi shuni bilolmadim. Shunga sizlardan so‘rashga qaror qildim. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar: «Alloh taolo 2 ta toifa kishiga kuladi. Qaysiki bandaga Alloh taolo kuladigan bo‘lsa, qiyomat kunida u bandaga xisob kitob bo‘lmaydi» deganlar. Vallohu a’lam! Ya’ni, tunni qoq yarmida uyqusidan turadi, boshqa bir hadisda go‘zal ayolini tashlab turadi deganlar. Yana bir hadisda sovuq kechada issiq joyidan turib, chiroyli tahorat oladi. So‘ngra Alloh taologa hamdu, sanolar aytadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovatlar aytadi. So‘ng Tahajjud namozini o‘qiydi. Bunday bandaga Alloh taolo kuladi. Farishtalarga qaranglar bandamga u tunda turdi, uni mendan boshqa hech kim ko‘rmayapti deydi. Ushbu hadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ba’zilar hasan, ba’zilar esa sahih deb aytishgan ekan. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 18:17 | Savol-javoblar | 148 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar