Onamning namozlari

Assalomu alaykum! Onam 76ga kirganlar xozirda 30-yillardan buyon namoz o‘qirdilar, biz u onamizning qanday namoz o‘qishlariga va nimalarga xato qilishimizga e’tibor bermasdik, mana yaqinda Alloh kalb qulflarimizni ochdi, Subxanallax Alxamdulillax va biz oila a’zomiz bilan namozga kirdik va uni to‘kis ado etishimiz uchun o‘rgandik. VA onajonimizni o‘qishlari bilan solishtirsak u kishi mutloka xato o‘qir ekanlar, Ya’ni Sano, takbir, qunut duosi va tasbexlarini umuman aytmas ekanlar. Biz o‘qishiga, katta xarflarda qilib "namoz o‘qish tartibi"ni priterdan chiqarib berdim va u kishiga o‘rgatdik. Ayrim vaqtlarda u kishi o‘rgatayotganimizda xafa bo‘ladilar va "men 30 yildan buyon namoz o‘qiyman. Sizlar kechagina o‘rganib menga aql o‘rgatayapsiz" deb og‘rinadilar. Biz onamizni ko‘ngillarini xafa qilib qo‘yishdan qo‘rqamiz, Sizlardan iltimos shunga oydinlik kiritib bersangizlar. Hozirda sekin sekin bizga qo‘shilib yozuvlarga qarab urgana boshladilar, xotiralari juda yomon, shu sababli namoz vaqtida qog‘ozga qarab o‘qiydilar. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri, toqati etganicha o‘qiyversinlar. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 18:26 | Savol-javoblar | 161 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar