Fol va turmush

Assalomu alaykum! Ayolimning diniy bilimi past, uyga bir qarindoshi kelgan ekan tez-tez kasal bo‘lishini aytgan ayolimga fol ochib qo‘ymoqchi bo‘libdi, ayolim qarshilik qilmagan. Xozir ayolim fol ochtirish katta gunoxligini bilib qilgan ishidan afsusda. Xozir ayolim bilan aloxida yotibmiz. Ustozlar, Sizdan iltimos, menga maslaxat bersangiz men nikoximizni yangilashim kerakmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ayolingiz folbin g‘aybni biladi degan e’tiqodda fol ochirgan bo‘lsa nikohni qayta yangilash kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:37 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar