Har xil savollarim
Assalomu alaykum! 1. Inson o‘tgandan keyin meros bo‘linadi. Merosga nimalar kiradi? 2. Ota-onamizni qabrlariga g‘isht va mramor qo‘yilgan. Tufroqni o‘ziga o‘zgartirsam bo‘ladimi? 3. Birinchi taloqdan keyin ham ayol kishi idda o‘tiradimi? Iddani erini uyida o‘tiradimi yo o‘zini otasinikidami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Birinchi o‘rinda uy-joy, so‘ng sizni mulkingiz deb hisoblanadigan hamma narsa. Hatto ustingizdagi kiyib turgan kiyimlar ham. Ichayotgan doringiz ortib qolsa ular ham merosning taqsimiga qo‘shiladi.
2). Shariatimizda qabrning ustini qimmatbaho toshlar bilan jihozlash joiz emas.
3). Agar eri bilan qayta yarashmoqchi bo‘lmasa bir taloqdan keyin ham erning uyida idda o‘tiradi. Boshqa erga tegishi uchun uch taloq bo‘lishi shart emas. Bir taloqdan keyin ham iddasini o‘tkazib tegsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 19:10 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar