Insonda pari bo‘lishi rostmi?

Assalomu alaykum! Men juda xavotirga tushib qolgan, vaxima kasaligi uchragan edim, o‘shanda Onam meni tabibga (Qur’oni karim oyatlarini o‘qib, dam soladigan) olib bordilar. U kishi menga sizning erkak paringiz bor ekan, sizga Qur’on o‘qib uni chiqarish kerak, yo‘qsa turmushga chiqsangiz turmush o‘rtog‘ingizni o‘ldiradi dedi. Aytishicha ayollarda erkak pari bo‘lsa shunday bo‘larmish, erkaklarda xam ayol pari bo‘lsa shularning aksi bo‘ladi dedi. Uning bu gaplari dinimizga muvofiqmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday gap yo‘q. Siz shar’iy yo‘l bilan ruqiya qiladigan odamga dam soldiring. Vallohu a’lam!

6 Oktabr 2023, 00:19 | Savol-javoblar | 0 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar