Emlash xakida yana savollar

Assalomu Alaykum xurmatli ustoz. Men emlash tugrisidagi javoblaringizni ukib chikdim. Lekin meni kunglimda judayam jiddiy gashlik bor, chunki u tugrisida ancha ma’lumotlar ukib chikdim. Ularni kildirish kerak degan siz. Lekin shubxalidan uzok bulishimiz kerakligi xakida xam yaxshi bilamiz. Vaktsinalarni kanaka kilib tayyorlanishi, nimalardan olinishi xakida ma’lumotlar ukidim. Avvalam bor Alloxu A’lam, ojizona ilmimiz bilan bir xayolga boraman, ya’ni Dajjol ikki narsa bilan keladi biri Jannat biri Duzzax, shu vaktsinalar xam Dajjolning "Jannat"i emasmikin. Emlashni tark etib, balkin biz Alloxning Jannatiga erishmasmikinbiz? Shu savollar kiynamokda. Vaktsinalarni orkasidan katta pul ishlaydiganlar bor, vaktsinalar sababidan Rak, bepushtlik kasallari kelib chikkanligi xakida va bundan tashkari kup sabablar borligi xakida ma’lumotlar ukidim. Uni kup targib kilishadi. Ushbu saytda xam kup ma’lumotlar bor: https://islambio.’om/tag/postvak’inalne_oslojneniya . Abort xakida xukm chikarishingizda uchta duxtirni fikri bir xil bulsa buladi degansiz. Vaktsinalar tugrisida xam kup duxtirlar yomon fikrga, tekshiruvlar natijasida kelishgan. Xozirgi vaktsinalarning xam juda kupligi shubxalarga olib bormokda. Shuning uchun Alloxga tavakkal kilsak tugri bulmaydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu mening gapim emas. Musulmon ulamolarning jumhuri qabul qilgan qaror. O‘sha qarorning matnini ham e’lon qilganmiz. Shuningdek, mazkur emlash dorilarini o‘sha siz aytgan “dajjollar” o‘z farzandlariga ham qiladilar. Sizni birov majbur qilayotgani yo‘q. Bolalaringizga qildirmay qo‘yavering. - Siz tavakkal qoidalariga ham xilof qilishga chaqirayotganingizni ham eslatib qo‘yishni birchim deb bilaman.Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Bir kishi «Ey, Allohning Rasuli, (ulovimni) tushovlab turib tavakkal qilaymi yoki qo‘yvorib tavakkal qilaymi?» – dedi.Bas, u zot «Uni tushovlab turib keyin tavakkal qil», – dedilar».Termiziy rivoyat qilgan.Bir kishi o‘z ulovini mingan holda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi-da, u zotga qarab murojat qilib:«Ey, Allohning Rasuli, (ulovimni) tushovlab turib tavakkal qilaymi yoki qo‘yvorib tavakkal qilaymi?»–dedi.Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:«Uni tushovlab turib keyin tavakkal qil»,–dedilar».Bu hadisi sharifdan tavakkal qilish bilan birga sabab bo‘ladigan ishlarni ham puxta ravishda olib borish lozimligi kelib chiqadi. Chunki tavakkal qalb ishi, bu narsa bandaning qalbiga, niyati va e’tiqodiga bog‘liq amal. Voqelikdagi ishlarning yuzaga kelishi esa, Alloh taolo tomonidan jismga va uning a’zolarining amaliga bog‘liq qilingan.Muoviya ibn Qurra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Umar ibn Xattob ahli Yamandan bir guruh odamlarga yo‘liqib qolib:«Sizlar kimsizlar?»–deb so‘radi.«Tavakkal qiluvchilarmiz»,–deyishdi.«Yo‘q! Sizlar tekinxo‘rlarsiz. Tavakkal qiluvchi oldin donni erga sepib qo‘yib, keyin Allohga tavakkal qiladi»,–dedi».Tavakkul Qur’oni Karimda qandoq bayon qilinganini o‘rganib chiqsak, bu ma’noda eng oliy ta’limni olgan bo‘lamiz.Imom Buxoriy Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki, u kishi: «Yaman ahli hajga ozuqa olmay kelishar, biz tavakkal qiluvchilarmiz, deyishar edi. Makkaga kelgandan so‘ng odamlardan tilamchilik qilishga tushishardi», deganlar.Bir rivoyatda, yamanliklar: «Allohning uyini haj qilamiz-u, bizni och qo‘yarmidi», deyishar ekan. Bu, albatta, har bir narsaga tayyorgarlik ko‘rib yurishga buyuradigan Islom ta’limotiga xilofdir.

1 May 2022, 11:15 | Savol-javoblar | 184 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar