Nafl namozi va tahorat

Assalomu alaykum! 1). G‘uslning 3 farzini ado etgandan so‘ng, tahorat qilmasa ham bo‘ladimi? Men ko‘pincha og‘iz va burnimni chayib, cho‘milib, so‘ng tahorat olaman shu to‘g‘rimi?
2) Nafl (shukur, tahajjud) namozlarini jamoat bo‘lib(aka-uka, opa-singil, er-xotin, aka-singil, ota-bola) o‘qish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=3909.0 2). https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=25146.0 Tahajjud namozini uch kishigacha jamoat bo‘lib o‘qishlari joiz. Undan ko‘payib ketsa joiz emas. Shuningdek “على التداعي” ya’ni bir-birini targ‘ib qilish yo‘liga ko‘ra nafllarni jamoat bo‘lib o‘qilmaydi. Bir kishi namoz o‘qiyotgan bo‘lsayu, boshqalar kelib, namozidan barokatlanish maqsadida iqtido qilib o‘qisalar, joiz. Bunga Ibn Abbos roziyallohu anhuning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga naflda iqtido qilganlari dalil bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:13 | Savol-javoblar | 177 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar