oilaviy muammosi

Assalom alaykum Shayx Xazratlari. Sizga bir oilaviy muommo yuzasidan yordam berishingizni sorayman. Oilamizda anchadan beri tinchlik yo‘q. Gap shundaki, dadam ichib kelib urush chiqaradi. Kamiga dadamiz islomni yaxwi tuwunadi, to‘ram dib hamma hurmat qiladi. Lekn dadam ochig‘i juda riyokor odam. Hatto roza tuttim deb riyo qiladilar. Qarindoshlar bln aloqani arazlab bizadilar. Minnat qilb, bitta gapni ezmalanb gapiraveradilar. O‘tgan gapni aytaveradilar. Onalariniyam borib dillarini og‘ritadilar. Uyda pul bosayam qiynalib yotgan singillaridan pul qizg‘andilar. Bering desak bahona qilb bermadilar. Umuman charchadik bu urush, gaplardan. Haqiqatni gapirsak oq qildim didilar. Umuman ewitmaydilar. Faqat o‘zlari haq. Katta qarindoshlarga aytib ko‘rdik. Foyda yo‘q. Kamiga otangni shularga ayttingmi db gapirdilar. Qarg‘aydilar odam bo‘misan db. Hullas mayda gaplar. Yoshlari 50 kiryaptilar. Ko‘p gap eshitgandan betimiz qotib ketti. Namozlarda sorimiz. Kamiga ishlari yurishmayapti. Nima ish boshlasalar kasodga uchrayaptilar. Bor narsalarimizni sotib yo‘q qilyaptilar. Ayb bizda ekanmish. Biz bunga borib buvimni dilini og‘ritmasdan yaxwilik qilin, ehson qilib, odamlarni g‘iybatini, fisq fasodni qo‘yin disak oq bo‘ldilarin didilar. Otamiz bo‘salaram ulardagi yomon hislatlarni ko‘rib tovba qilamiz. Ajralib ketishni hoxlamaymiz, lekn boshqa iloji yo‘q. Bu ketishda nima boladi Alloh biladi. Bizga faqat tinchlik kerak. Iltimos Shayx xazratlari bizga yo‘l ko‘rsating va duo qiling
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sabr qilinglar. Alloh taolo otangizga insof va tavfiq hamda rushdu hidoyat ato qilsin!

6 May 2022, 19:42 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar