Burun bitishi va og‘iz chayish
Assalomu alaykum! Mening ikki savolim bor. Menda vazomotor rinit yani burun bitishi kuzatiladi va doim burun ochuvchi dorilar bilan yuraman aks xolda nafas olishim qiyinlashadi, shunday xollarda, ro‘za payti nima qilay? Dorini tomoqqa tushurmay ehtiyotkorlik bilan tomizsam bo‘ladimi?
2) Ro‘zador paytimda xar xil og‘izdan xid keltirmaydigan “opolaskivatel”lardan foydalansam bo‘ladimi? O‘zimda noxushliklar sezaman, chunki gastrit kasalligim bor, o‘qish payti oldimdagilardan hijolat chekaman? Oldindan javoblar uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Dori tomizish yoki sprey bilan sepish dimoqqa o‘tgani uchun ro‘zani ochib yuboradi. Sovunga o‘xshash dimoq ochuvchi dorilardan burningiz teshigi atrofiga surkab foydalansangiz joiz. 2). Tomoqdan o‘tib ketmasa joiz. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 12:19 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar