Musibatga sabr

Assalomu alaykum! Xar qanday qiyinchilik sinovlarga chiroyli sabr qilgan bandaga Alloh o‘sha sabri uchun ajr-mukofot berishligi aytilgan. Sinovlarga bardosh berolmay, sabr qilolmay norozi bo‘lgan bandaga xam ajr beriladimi? Bir kun o‘sha qiyinchilik azoblardan qutiladimi yoki sabr qilmagani uchun bir umr azoblanadimi? Ya’ni unga berilgan sinov u sabr qilmagunigacha davom etaveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musibat hech qachon bardavom bo‘lmaydi. O‘sha paytda sabr qilgan savobini oladi, sabr qilmagan savobdan bebahra bo‘ladi. Birinchi musibat etganida qilingani sabr hisobga olinadi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 19:42 | Savol-javoblar | 183 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar