Sadaqadan o‘zimiz ham eyish

Assalomu alaykum! Men yaqinda o‘g‘il farzandli bo‘ldim. Farzandim tug‘ilishidan oldin onam bola sog‘lom tug‘ilsin deb bitta qo‘y degan ekan. 1 ta qo‘y nazr demagan. Faqat 1 ta qo‘y atadim yoki sadaqa degan. Alxamdulillox, bola sog‘lom tug‘ildi. Endi o‘sha qo‘yni biz aqiyqa qilib o‘tqazsak bo‘ladimi yoki aqiyqaga aloxida qilishimiz kerakmi. U qo‘yni aloxida exson qilsak uni go‘shtidan biz xam eyishimiz mumkinmi yani qarindosh-urug‘ qo‘ni-qo‘shnilarni chaqirib exson bersak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aqiqa uchun alohida qo‘y so‘yasizlar. Ushbu nazringiz uchun alohida so‘yasizlar va undan o‘zingiz, farzandlaringiz, ota-onangiz eya olmaydi. Faqir miskinlarga berasizlar.  Agar “In shaa Alloh yoki Xudo xohlasa Qurbon hayitiga so‘yaman” desa oila a’zolari ham eyishi joiz. Bunda shubha yo‘q. “Badoe’ sanoiy” kitobida : “Qoni to‘kiluvchi hayvonlar uch turli bo‘ladi. 1-bil ijmo egasi go‘shtidan eyishi joiz. 2-bil ijmo egasi go‘shtidan eyishi joiz emas. 3-eyish yoki emaslik borasida ixtilof qilingan. 1-bil ijmo go‘shti eyiladiganlarga nafl yoki vojib bo‘lgan qurbonliklar kiradi. Vojib bo‘lgan qurbonlik nazr orqali vojib bo‘lgan bo‘lsa ham, (ya’ni faqir qurbonlik niyatida hayvon sotib olishi bilan yoki uydagi hayvonni “buni qurbonlikka nazr qildim” deyish bilan bo‘ladi) boy bo‘lgani tufayli vojib bo‘lgan bo‘lsa ham. Bil ijmo go‘shtini eyish joiz bo‘lmaydiganlari jonliq so‘yishga nazr qilingan(qurbonlikka emas) hayvonlardir. Masalan “Bemorligim tuzalsa, ishim bitsa, falonchi kelsa jonliq so‘yaman...” deyishi kabilar” deyilgan.
Birinchi gapga binoan “Qurbon hayitiga so‘yaman” deb nazr qilsa ham go‘shtidan eyishi joizligi kelib chiqadi. Lekin “Roddul muhtor” kitobida : “Kishi o‘zining qurbonligidan esa bo‘ladi. Bu qurbonlik boyligidan vojib bo‘lsa ham, nafl bo‘lsa ham. Qachonki nazr bilan vojib qilib olmagan bo‘lsa. Agar nazr bilan vojib qilib olgan bo‘lsa, qurbonlik qiluvchi go‘shtidan emaydi va boyga ham edira olmaydi” deyilgan. Bu gapga binoan qurbonlik qilishni nazr qilgan kishi hamda uning ota-ona va farzandlari uning go‘shtidan eyishi joiz emas. Faqir va miskinlarga sadaqa qilib yuboradi. Bu gapga binoan go‘shtidan emagani afzal. Ashraf Ali Tahonaviy rohmatullohi alayh : “Faqir kishi nazr qilmay qurbonlik qilaman deb hayvon sotib olsa, uni qurbonlik qilishi vojib bo‘ladi va go‘shtidan ham eyish joiz” deganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:00 | Savol-javoblar | 139 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar