Qurilishi tugallanmagan kvartira
Assalomu alaykum! Qurilishi tugallanmagan binodan kvartira olish uchun, yuz foizli to‘lov avvaldan amalga oshirilgan. Bino taxminan yil oxirida topshiriladi. Zakotni har yil ramazonning yarmigacha bo‘lgan daromadimdan chiqaraman. Bu yilgi hisob-kitobga hali bitmagan kvartiraga qilingan to‘lov miqdori ham kiradimi yoki yo‘qmi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Quyidagi iboralar “Fiqhul buyu’” kitobidan olingan. Shunga asosan to‘lagan pulingizdan zakot chiqarmaysiz. Agar imoratni sotish maqsadida olgan bo‘lsangiz qiymatidan zakot chiqarasiz.
Buyurtma bitimi tuzilganda, avvaldan to‘lov sifatida berilgan pul hunarmandning mulki bo‘ladi va undan foydalanishi yoki tijorat qilishi mumkin. Agar zakot beruvchi bo‘lsa, u puldan o‘z vaqtida zakot chiqarishi farz bo‘ladi. Lekin, shu mablag‘ uning zimmasida bo‘lib, biror sabab bilan buyurtma bitimi bekor qilinsa, buyurtmachiga pulni qaytarishi vojib bo‘ladi va kafolat hukmi bilan (olgani uchun) foydasi o‘ziga bo‘ladi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 20:26 | Savol-javoblar | 155 | Zakot