Firibgarlik qilgandim
Assalomu alaykum! Men ancha yil oldin internetta firibgarlik kilib qo‘ygan edim. Xozirda u insoni topishni mutloqk iloji yo‘q, ko‘rmaganman u odami va suxbatlashgan tarixni ochirib tashlagandim. Endi astoidil tavba qildim va xaqini qaytarmoqchiman. Faqat qancha qaytarishim kerak va kerakmi bilmiman. Vaziyat quyidagicha bo‘lgandi: internetda bir odam bilan tanishgandim u odamni tanishi foizga pul qo‘yib ko‘paytiradigan sayt yaratarkan, qisqasi odamlarni sudxo‘rlikka jalb qilib bir tiyn xam bermasdan saytdan bloklab qo‘yadi. Menga u odam agar bir odamni jalb qilib bersang shu saytga senga 30% u odamni tashlagan pulidan deb vada berdi. Men bir kanaldan shu yonalishga qiziqadigan odam topdim, ancha aldovli suxbatan kegin u rozi bo‘ldi tashashga. Tashadi. Menga sayt egasi 30% pulni berdi(albata firibgarlik yo‘li bilan o‘sha pulni mendan xam tunab ketishdi), 70% o‘zi obqoldi. Va u odam bilan bir ozdan so‘ng aloqani butunlay uzdim. Endi uning nomidan pul exson qilmoqchiman: savol - men olgan 30%ni exson qilishim kerakmi yoki 100%? U sudxo‘rlik qilvotkan edi, nomidan exson qilsam to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Topishni hamma chorasini ko‘ring. Agar topilmasa savob umid qilmasdan faqir-miskinlarga sadaqa qilasiz. Qachon topilsa o‘ziga berasiz. Hammasini berasiz. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 05:27 | Savol-javoblar | 184 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Topishni hamma chorasini ko‘ring. Agar topilmasa savob umid qilmasdan faqir-miskinlarga sadaqa qilasiz. Qachon topilsa o‘ziga berasiz. Hammasini berasiz. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 05:27 | Savol-javoblar | 184 | Moliya va tijorat