Qon tuflash
Assalomu alaykum! Ro‘za tutsam har kuni ertalab uyg‘onganimda og‘zim to‘la qon tuflayman. Boshqa paytlari kechqurun 6 dan keyin ovqatlanmasam, qip-qizil qonmasu, sal jigarrangroq narsa tuflayman. Doktorga bordim hech nima topisholmadi. O‘zim shuni aniqladim ovqat eganimdan keyin 3, 4 soat o‘tmasidan uxlasam og‘zim to‘la qon tuflayman. 3, 4 soat o‘tib uxlasam qon kamroq ipday bo‘ladi. Bu tishimdan ham emas. Milklarim yaxshi. Stomatolog ham ko‘rdi. Agar tishimdan bo‘lsa ovqat eyishimga aloqasi bo‘lmagan bo‘lar edi. Doktor “ro‘za tutmang” dedi. O‘zi hech narsa topa olmadi ham. Hech qaerim og‘rimaydi. Faqat qon tuflayman. Nega tutmayman? Ro‘zani tutsam ertalab turganimdan yutib yubormaslikka harakat qilib vannaga yuguraman. Mening holatimda og‘zim to‘la qon tuflasam ro‘zam ochilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu bilan ro‘za ochilmaydi. Ro‘za tutishda davom etsangiz bu narsa yo‘qolib ketadi. In shaa Alloh. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:54 | Savol-javoblar | 175 | Ro‘za
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu bilan ro‘za ochilmaydi. Ro‘za tutishda davom etsangiz bu narsa yo‘qolib ketadi. In shaa Alloh. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:54 | Savol-javoblar | 175 | Ro‘za