Jinsiy holat va namoz

Assalomu alaykum! Mening yaqin kishim yaqinda Varekasel kasallagi tufayli operatsiya qilinishi kerak. Doktorlar unga og‘ir harakatlar qilmaslik kerakligini, og‘ir yuk ko‘tarmaslik kerakligini aytishdi. Bunday holatda namozlarini qanday ado qilishi lozim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qanday ado qilishga qodir bo‘lsa o‘shanday ado qiladi. Masalan bir kishi boshini sajdaga qo‘ysa qon quyilish ehtimoli bo‘lsa sajdada peshonani tekazishi shart emas, ozroq egilib yana orqaga qaytaveradi. Tik turib o‘qishi zarar qilgan inson o‘tirib o‘qiyveradi. Qanday qulay bo‘lsa toqati etganicha o‘qiyveradi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 20:59 | Savol-javoblar | 139 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar