Hadis sharhi haqida
Assalomu alaykum wr wb Ustoz. Alloh ilmingizni ziyoda qilib, xalqimiz uchun qilyotgan xizmatlarizga munosib ajru savob va barokatlar bersin. Biz bir hadis sharhida biroz qiynalib qoldik,Shu hadisni tushunimizda bizga biroz yo‘l ko‘rsatsangiz deb iltimos qilyotgan edik. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytdilar: «Kattalarni qartayib yuboradigan, go‘daklarni kattalardek qilib yuboradigan, odamlar uni sunnat qilib olib, undan biror narsa tark qilinsa «Sunnat tark qilindi» deydigan fitnalarga chulg‘anib qolsangiz qanday qilarkinsizlar?!» «U qachon bo‘ladi?», deb so‘radilar. «Ulamolaringiz ketib, johillaringiz ko‘payganda, qorilaringiz ko‘payib, faqih-mullalaringiz kamayganda, amirlaringiz ko‘payib, aminlaringiz (omonatli kishilaringiz) kamayganda, oxirat amali bilan dunyo talab qilinganda va dindan boshqa narsa uchun ilm o‘rganilganda», dedilar (Dorimiy, Hokim va boshqalar rivoyati). Bu hadisda qanday sunnatlar haqida gap ketmoqda? Javobingiz uchun oldindan minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu erdagi “sunnat”dan murod noshar’iy odatlar.
6 May 2022, 20:59 | Savol-javoblar | 172 | Hadislar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu erdagi “sunnat”dan murod noshar’iy odatlar.
6 May 2022, 20:59 | Savol-javoblar | 172 | Hadislar