Nuqson bilan tug‘ilgan farzand
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, meni savalom shuki farzandim nukson bilan dunyoga keldi. Bir tomon qulog‘i yo‘q, bu kulog‘idagi nuqson tiliga, tanlayiga va burun yo‘llariga xam tasir o‘tkazgan. Ota onam bunday farzandni boqa olmaysan topshirib yuboringlar deyapti. Turmush o‘rtog‘im olaman deyapti, orada gap so‘zlar bo‘lib o‘tdi, otam ajrashasan bunday er bilan yashamaysan dedilar. Shu sababli ota onamga xam qattiq gapirib yubordilar turmush o‘rtog‘im, agar men ajrashadigan bo‘lsam bolam turmush o‘rtog‘imda qolsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oilani saqlab qolishga harakat qiling, ota-onangiz noto‘g‘ri ish qilishmoqda. عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: يَوَدُّ أَهْلُ الْعَافِيَةِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حِينَ يُعْطَى أَهْلُ الْبَلَاءِ الثَّوَابَ لَوْ أَنَّ جُلُودَهُمْ كَانَتْ قُرِضَتْ فِي الدُّنْيَا بِالْمَقَارِيضِ. رَوَى التِّرْمِذِيُّ هَذِهِ السَّبْعَةَ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Qiyomat kuni ahli balolarga savob berilgan paytda ahli ofiyatlar dunyoda terilari qaychi bilan qiyilgan bo‘lishini orzu qiladilar», dedilar».
Ushbu hadisni Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Bu dunyoda o‘ziga etgan balolarni Alloh taoloning hukmidan deb bilib, ularga sabr qilgan mo‘min bandaga beriladigan savoblarga bu dunyoda balo-ofatlardan uzoqda bo‘lib o‘tganlar havas qilar ekanlar. Shuning uchun Alloh taoloning irodasi ila etgan balolarga sabr qilib, Alloh taolodan savob umidida bo‘lish lozim. Ushbu hadisi sharifda bu dunyoda balo-ofatlarga uchragan mo‘min banda uchun katta tasalli bor. Shu bilan birga, alohida ta’kidlash lozimki, mo‘min banda savobi ko‘p bo‘lar ekan, deb, o‘zini o‘zi baloga urishi yoki o‘ziga o‘zi balo etishini tilashi mutlaqo mumkin emas.
Alloh taolo "Baqara" surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَعِينُواْ بِالصَّبْرِ وَالصَّلاَةِ إِنَّ اللّهَ مَعَ الصَّابِرِينَ 153. Ey iymon keltirganlar! Sabr va namoz ila yordam so‘ranglar. Albatta, Alloh sabrlilar bilandir.
Islom ummatiga Alloh taolo ulkan mas’uliyatni – butun dunyoni ilohiy yo‘lga da’vat etishni yuklagan. Bu juda ham mashaqqatli ish. Bunday ulkan mas’uliyatni ado etish uchun kamida shunday ulkan sabr kerak bo‘ladi. Shu bois, Alloh ushbu oyatda mo‘min bandalarini sabr-toqatga chaqirmoqda.
Qur’oni Karimda sabrga da’vat ko‘p takrorlanadi. Chunki Allohga toatda ham, gunohdan saqlanish, yo‘ldagi to‘siqlarni engish uchun ham, zaiflik kelib qolganda ham, havoyi nafsni jilovlash uchun ham sabr kerak va hokazo. O‘tgan ulamolarimizdan birlari sabrni umumiy tarzda uchga bo‘lganlar:
Birinchisi: Alloh harom qilgan narsalardan va gunohlardan saqlanishga sabr.
Ikkinchisi: toat va qurbat hosil qilish uchun sabr.
Uchinchisi: etadigan musibat va qiyinchiliklarga sabr.
Demak, mo‘min-musulmon banda mazkur qiyinchiliklarni engish uchun katta miqdordagi sabrga ega bo‘lishi kerak. Ammo hamma narsaning chegarasi bo‘lganidek, gohida sabr ham tugashi, susayishi mumkin, bunday holatda namoz yordamga keladi. Namoz bitmas-tuganmas yordamchi, kuchga kuch, quvvatga quvvat baxsh etuvchi, qalbga madad beruvchi, sabrga sabr qo‘shuvchi, sokinlik va xotirjamlik manbaidir. U ojiz, zaif odamni quvvat va yordamning asl manbai bo‘lmish Alloh taologa bog‘lovchi vositadir. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom qachon bir ishdan tashvishga tushsalar, namoz o‘qishga shoshilar edilar. Shu bois, Alloh taolo qiyinchilik va mashaqqatlar ostonasida turgan Islom ummatini sabrga va namozga chaqirmoqda. Va ortidan:
«Albatta, Alloh sabrlilar bilandir», – deb ta’kidlamoqda.
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissolatu vassallom hadislaridan birida:
«Mo‘minning ishi ajoyib, Alloh unga nimani qazo qilsa ham, yaxshilik bo‘ladi. Xursandlik etsa, shukr qiladi, yaxshi bo‘ladi. Musibat etsa, sabr qiladi, yaxshi bo‘ladi», – deganlar.
Imom Termiziy rivoyat qilgan boshqa bir hadisda «Odamlarga aralashib, ularning ozorlariga sabr qilgan musulmon ularga aralashmaydigan va ozorlariga sabr qilmaydigan musulmondan yaxshidir», – deganlar.
Madinai Munavvarada Nabiy alayhissalom atroflarida birikib, alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan jamiyat qurgan musulmonlar o‘zlariga etgan ulug‘ ne’matni – Allohning dinini, Islomni dunyoga tarqatish uchun uzoq va mashaqqatli kurash oldida turganlari e’tiboridan Qur’oni Karim ularni bu ishga ruhiy-ma’naviy tomondan tayyorlash uchun bo‘lg‘usi qiyinchiliklarga qanday munosabatda bo‘lish yo‘llarini ko‘rsatadi. وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ بِشَيْءٍ مِّنَ الْخَوفْ وَالْجُوعِ وَنَقْصٍ مِّنَ الأَمَوَالِ وَالأنفُسِ وَالثَّمَرَاتِ وَبَشِّرِ الصَّابِرِينَ الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُم مُّصِيبَةٌ قَالُواْ إِنَّا لِلّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعونَ 155. Albatta, sizlarni bir oz xavf va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson etkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga xushxabar ber.
156. Ular o‘zlariga musibat etganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», – deganlardir.
Katta mas’uliyat qiyinchiliklarini ko‘tara olish uchun turli sinovlardan o‘tish kerak. Inson qiyinchiliklarda, sinovlarda toblanadi. Ushbu oyatda o‘sha sinovlardan ba’zilari sanalgandir.
«Albatta, sizlarni bir oz xavf va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson etkazish bilan sinaymiz».
«Xavf» deganda dushmandan bo‘ladigan xavf-xatar tuyg‘usi tushuniladi. Qahatchilik yoki boshqa sabablardan kelib chiqadigan ocharchilik ham Alloh taoloning bir navi sinovidir. Shuningdek, «Mol-mulkka o‘g‘ri urishi, ofat etishi yoki zolimlarning tajovuzi tufayli nuqson etkazib; jonga turli xastaliklar bilan, yaqin kishilarning, yor-birodar va sheriklarning o‘limi, kasalligi bilan nuqson etkazib; mevalarga ofat etkazish, barakasini ketkazish bilan nuqson etkazish ila sinab ko‘ramiz», – deydi Alloh taolo. Boshga shunday sinov kelgan, musibat etgan banda nima qilsa yaxshi bo‘ladi? Bu haqda Alloh taolo Payg‘ambari Muhammad alayhissalomga xitob qilib, ko‘rsatma bermoqda:
«Va sabrlilarga xushxabar ber. Ular o‘zlariga musibat etganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», – deganlardir».
Demak, musulmon kishi musibat etganda sabrli bo‘lishi va Janobi Haqning O‘zi o‘rgatgan duoni qilishi kerak. Bu duo Qur’on tilida:
«Innaa lillahi va innaa ilayhi roji’uun», deb talaffuz etiladi. Buni aytish qisqacha «istirjo‘» deyiladi. E’tibor qilinsa, istirjo‘da ulkan ma’no yotibdi.
«Albatta, biz Allohnikimiz…» ya’ni «Barchamiz, bor-budimiz Allohniki, haqiqiy ega Uning O‘zi. Nimani qachon qanday tasarruf qilishni O‘zi biladi».
«…va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», ya’ni «Ertami-kechmi, baribir, Unga qaytishimiz bor. Bizga etib turgan musibat ham Uning O‘zidan. Biz sabr qilishimiz lozim va shunday qilamiz ham». Shu bois, istirjo‘ga ko‘p-ko‘p savoblar va’da qilingan.
Imom Ahmad ibn Hanbal qilgan rivoyatda Ummu Salama onamiz deydilarki:
«Bir kuni Abu Salama Nabiy alayhissalomning huzurlaridan keldi-da:
«Nabiy alayhissalomdan bir gap eshitib, juda xursand bo‘ldim, u kishi:
«Musulmonlardan biriga musibat etganda istirjo‘ aytsa va so‘ngra «Allohumma ajirni fiy musibati vaxluf li xoyromminha (Allohim, menga musibatimda ajr bergin va uning o‘rniga yaxshirog‘ini bergin)» desa, aytgani bo‘ladi», – dedilar», – deb aytdi.
Men bularni yodlab oldim. Abu Salama vafot etganida, istirjo‘ aytdim va haligi duoni o‘qidim. So‘ngra o‘zimcha «Menga Abu Salamadan yaxshiroq er qayda», – dedim.
Iddam chiqqanidan so‘ng Rasululloh kelib, kirishga izn so‘radilar. Teri oshlab o‘tirgan edim, qo‘limni yuvib, kirishlariga izn berdim. U kishiga ichiga xurmoning yumshoq qobig‘i to‘latilgan teri yostiq berdim. O‘tirganlaridan so‘ng menga uylanmoqchi ekanlarini aytdilar. U kishi gaplarini tugatgach, men:
«Ey Allohning Rasuli, sizga rag‘bat qilmasligim mumkin emas, lekin men juda rashkchi ayolman, sizga yoqmaydigan narsa mendan sodir bo‘lib, Allohning azobiga duchor bo‘lmay, deb qo‘rqaman. So‘ngra yoshim katta bo‘lib qoldi, buning ustiga, bolalarim bor», – dedim. Rasululloh alayhissalom:
«Sen aytgan rashkni Alloh tezda ketkazadi. Yosh to‘g‘risida gapirsang, mening ham yoshim bir erga borib qoldi. Bolalaring bo‘lsa, ular mening ham bolalarim», – dedilar... Alloh menga Abu Salamaning o‘rniga undan yaxshi zotni – Rasulullohni berdi».
Imom Termiziy Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Nabiy alayhissalom:
«Alloh taolo:
– Ey o‘lim farishtasi, sen bandam farzandining, ko‘zi qorachig‘ining, qalbi samarasining jonini oldingmi, – deydi. Farishta:
– Ha, – deydi. Alloh:
– U nima dedi? – deb so‘raydi. Farishta:
– Senga hamd va istirjo‘ aytdi, – deydi. Shunda Alloh taolo:
– Jannatda unga bir uy bino qilinglar va uni «Hamd uyi» deb nomlanglar, – deydi», – deganlar.
Boshqa bir hadisi sharifda Nabiy alayhissalom:
«Birortangizning oyoq kiyimining ipi uzilsa ham istirjo‘ aytsin», – deydilar.
Demak, kattayu kichik har bir ko‘ngilsiz hodisada sabr kerak: ko‘zining qorachig‘i, jigarbandi, bolasi o‘lganda ham, oyoq kiyimining ipi uzilganda ham. Musibat etgandan keyin darhol istirjo‘ aytib, sabr qilish lozim, «Hamma narsa Allohniki va bari Allohga qaytadi» degan e’tiqodni mahkam tutish kerak.
Yuqorida zikr etilgan mashaqqatlarning, shahidlikning, Alloh yo‘lida qatl etilishning, xavfu xatarga, ochlikka uchrashning, molu jonga va mevalarga nuqson etib, zarar ko‘rishlarning va ularga sabr qilib, istirjo‘ni aytib, uning ma’nosini aqiyda etib yashashning mukofoti kelasi oyatda zikr qilinadi: أُولَئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَاتٌ مِّن رَّبِّهِمْ وَرَحْمَةٌ وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُهْتَدُونَ 157. Ana o‘shalarga Robblaridan salovotlar va rahmat bor. Ana o‘shalar, o‘shalargina hidoyat topganlardir. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:20 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush