Xadis sahihmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ijozatingiz bilan savolimni bersam.
Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi: «Namoz dinning ustunidir, jim turish undan afzaldir. Sadaqa Allohning g‘azabini o‘chiradi, jim turish undan afzaldir. Ro‘za do‘zaxdan pardadir, jim turish undan afzaldir. Jihod dinning urkachidir, jim turish undan afzaldir», dedilar u zot.
1.Bu xadis sahixmi?
2.Agar sahix bo‘lsa, uning ma’nosi qanday?
Vaqtingizni olganim uchun uzr. Alloh din yo‘lida qilayotgan ishlaringiz ajrini mukammal qilib bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mu’tamad hadis kitoblarida bunday rivoyat yo‘q. Namoz dinning ustuni, sadaqa Allohning g‘azabini o‘chirishi, ro‘za do‘zaxdan parda ekani va jihod dinning o‘rkachi ekani hadislarda aytilgan. Lekin biron sahih va ishonchli rivoyatda jim turish bularning barchasidan afzal ekani aytilmagan. Bizningcha, bu asli yo‘q hadis. Shuningdek, jim turish, sukut saqlash har doim ham yaxshi bo‘lavermaydi. Botil so‘z aytish, behuda gap gapirishdan ko‘ra sukut saqlash afzal ekaniga albatta shubha yo‘q. Bu haqda imom Buxoriy va Muslimlar rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, yaxshi gap gapirsin yoki sukut saqlasin", deganlar. Ulamolarimizning fikrlariga ko‘ra, yaxshilikni gapirish sukut saqlashdan ko‘ra afzal. Chunki sukut saqlovchi erishadigan fazilat turli xato, kamchilik va ayblardan salomat bo‘lish bo‘lsa, yaxshilikni gapiruvchi kishi esa, bu bilan bir qatorda ajr va savobga ham noil bo‘ladi. Hofiz Ibn Rajab naql qilib, shunday deydi: "Ahnaf ibn Qaysning huzurida "sukut saqlash afzalmi yo gapirish" degan masalada tortishib qolishdi. Shunda u: "Gapirish afzal. Chunki sukut saqlashning fazli sohibidan boshqa kishiga o‘tmaydi. Yaxshi gapdan esa eshitgan har bir odam foyda oladi", dedi". Ibn Rajab naql qilib yana shunday deydi: "Umar ibn Abdulazizning huzurida bir kishi "Ilm bilan sukut qilgan kishi xuddi ilm bilan gapirgan kishidek bo‘ladi" dedi. Shunda Umar: "O‘ylaymanki, ilm bilan gapirgan kishi sukut saqlagandan ko‘ra qiyomat kuni afzalroq bo‘ladi. Chunki uning gapirishi odamlarga foyda keltiradi. Sukut saqlovchiniki esa faqat o‘ziga", dedi". Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 17:37 | Savol-javoblar | 143 | Hadislar