Kabani nega Xristianlar yoki Yaxudiylar ziyorat qilishmaydi
Assalomu alaykum! Xristianlar bilan Yahudiylarni Kaba haqida e’tiqodlari qanday! Tavrot va Injilda kaba haqida malumot kelganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Tavba" surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِنَّمَا الْمُشْرِكُونَ نَجَسٌ فَلاَ يَقْرَبُواْ الْمَسْجِدَ الْحَرَامَ بَعْدَ عَامِهِمْ هَذَا وَإِنْ خِفْتُمْ عَيْلَةً فَسَوْفَ يُغْنِيكُمُ اللّهُ مِن فَضْلِهِ إِن شَاء إِنَّ اللّهَ عَلِيمٌ حَكِيمٌ 28. Ey iymon keltirganlar! Albatta, mushriklar najasdirlar, bas, ushbu yillaridan keyin Masjidul Haromga yaqin kelmasinlar. Agar faqirlikdan qo‘rqsangiz, Alloh, agar xohlasa, sizni tezda O‘z fazlidan boy qilib qo‘yadir. Albatta, Alloh o‘ta ilmlidir, o‘ta hikmatlidir.
Aqiydalari buzuq mushriklar ma’naviy jihatdan najas hisoblanadilar. Ushbu oyati karimaning hukmiga binoan, ular Masjidul Haromga yaqin kelishlari mumkin emas. Oyatda «ushbu yillaridan» iborasi bilan to‘qqizinchi hijriy yil nazarda tutilgan. O‘sha yili, yuqorida o‘rganganimizdek, hazrati Abu Bakr amirliklarida haj bo‘lgan va hazrati Ali ushbu oyatlarni hajga kelganlarga o‘qib, hukmini tushuntirganlar. O‘sha yildan boshlab mushriklarning Masjidul Haromga kelishlari man qilingan.
«Ey iymon keltirganlar! Albatta, mushriklar najasdirlar, bas, ushbu yillaridan keyin Masjidul Haromga yaqin kelmasinlar».
Buning uchun Haramning chegarasi belgi qilib olindi. Musulmon bo‘lmaganlarga Makkai Mukarramaning atrofidagi o‘sha chegaradan ichkari kirishga ruxsat berilmaydigan bo‘ldi. Oyatda hukmning e’lonidan keyin paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan savolga ham javob berilib:
«Agar faqirlikdan qo‘rqsangiz, Alloh, agar xohlasa, sizni tezda O‘z fazlidan boy qilib qo‘yadir», – deyilmoqda.
Ma’lumki, ahli Makka asosan Masjidul Haromning ziyoratiga kelgan ziyoratchi va hojilardan tushadigan mablag‘larga yashar edi. Ularga taqdim qilinadigan xizmatdan, xususan, tijoratdan daromad topar edi. Mushriklar kelmay qo‘ysalar, tijorat kasodga uchrashi mumkin edi. Lekin Alloh taolo ahli Makkaning xotirini jam qilib, O‘z fazli ila ularni boshqa tomondan boy qilib qo‘yishini bildirmoqda.
«Albatta, Alloh o‘ta ilmlidir, o‘ta hikmatlidir».
U har bir hukmni bilib turib joriy qiladi. Uning chiqargan hukmlari hikmatdan xoli bo‘lmaydi.
Shu bilan Islom jamiyatining mushriklarga taalluqli nihoiy hukmlari haqidagi oyatlar oxiriga etadi. O‘rganib chiqqanimizdek, ular hayotning turli sohalarini qamrab olgan. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
6 May 2022, 20:59 | Savol-javoblar | 199 | Turli savollar