Jumaga chiqmagan kishi haqida

Assalomu alaykum! Vaqti bo‘la turib, sog‘ligi joyida bo‘la turib juma namoziga masjidga chiqmasdan uyda peshin namozini o‘qib qo‘ysa shariatda u insonni hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، سَمِعَتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ عَلَى أَعْوَادِ مِنْبَرِهِ: لَيَنْتَهِيَنَّ أَقْوَامٌ عَنْ وَدْعِهِمُ الْجُمُعَاتِ، أَوْ لَيَخْتِمَنَّ اللهُ عَلَى قُلُوبِهِمْ، ثُمَّ لَيَكُونُنَّ مِنَ الْغَافِلِينَ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالنَّسَائِيُّ وَأَحْمَدُ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning minbarlari ustida turib:
«Yoki qavmlar Jum’alarni tark qilishdan to‘xtarlar yoki Alloh ularning qalblariga muhr bosur va so‘ngra g‘ofillardan bo‘lurlar», dedilar».
Muslim, Nasaiy va Ahmad rivoyat qilganlar.
Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining bu hadislarida Jum’a namozi o‘qimaganlarning qalblariga muhr bosilib, g‘ofillardan bo‘lib qolishlarini ta’kidlamoqdalar.
Demak, barchamiz Jum’a namozini vaqtida ado etishga harakat qilmog‘imiz lozim.عَنْ أَبِي الْجَعْدِ الضَّمْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ تَرَكَ ثَلَاثَ جُمَعٍ تَهَاوُنًا بِهَا طَبَعَ اللهُ عَلَى قَلْبِهِ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ وَالْحاَكِمُ Abu Ja’d az-Zomriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim pisand qilmay, uch Jum’ani tark etsa, Alloh uning qalbiga muhr bosgay», dedilar».
«Sunan» egalari va Hokim rivoyat qilganlar.عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ تَرَكَ الْجُمُعَةَ مِنْ غَيْرِ ضَرُورَةٍ كُتُبَ مُنَافِقًا فِي كِتَابٍ لَا يُمْحَى وَلَا يُبَدَّلُ. رَوَاهُ الشَّافِعِيُّ. وَلِأَبِي دَاوُدَ وَالنَّسَائِيِّ: مَنْ تَرَكَ الْجُمُعَةَ بِغَيْرِ عُذْرٍ فَلْيَتَصَدَّقْ بِدِينَارٍ، فَإِنْ لَمْ يَجِدْ فَبِنِصْفِ دِينَارٍ  Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim bir Jum’ani zaruratsiz tark etsa, hech o‘chirilmaydigan va almashtirilmaydigan Kitobga munofiq deb yozilur», dedilar».
Shofe’iy rivoyat qilgan.عَنْ حَفْصَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: عَلَى كُلِّ مُحْتَلِمٍ رَوَاحُ الْجُمُعَةِ، وَعَلَى كُلِّ مَنْ رَاحَ الْجُمُعَةَ الْغُسْلُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Hafsa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Har bir ehtilom bo‘luvchiga Jum’aga borish lozimdir. Har bir Jum’aga boruvchiga g‘usl lozimdir», dedilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Demak, Jum’a namozi har bir balog‘atga etgan musulmon erkakka farzdir.
Balog‘atga etgan musulmon erkak uzrsiz Jum’a namozini tark qilsa, gunohkor bo‘ladi.
Jumaga boruvchi har bir kishi g‘usl qilib borishi lozim. Chunki ko‘pchilik jamlanadigan, birga va’z-nasihat eshitib, namoz o‘qiydigan joyga hamma g‘usl qilib, poklanib bormasa, turli hidlar tarqab, noxush holat yuzaga keladi.
Shu boisdan bu hadisi sharifni hayotimizga joriy qilib, barchamiz har Jum’a namoziga g‘usl qilib borishimiz lozim.عَنْ طَارِقِ بْنِ شِهَابٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: الْجُمُعَةُ حَقٌّ وَاجِبٌ عَلَى كُلِّ مُسْلِمٍ فِي جَمَاعَةٍ إِلَّا أَرْبَعَةً؛ عَبْدٌ مَمْلُوكٌ أَوِ امْرَأَةٌ أَوْ صَبِيٌّ أَوْ مَرِيضٌ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالبَيْهَقِيُّ وَالْحاَكِمُ  Toriq ibn Shihob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Jamoat ila Jum’a (o‘qimoq) har bir musulmonga haqdir, vojibdir. Magar to‘rt kishi – mamluk, qul, ayol kishi, yosh bola va bemor mustasnodir», dedilar». 
(“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

6 May 2022, 21:21 | Savol-javoblar | 252 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar