Xamirga konyak qo‘shish

Assalomu alaykum! Oldin bilmas edim, uyda ko‘p marotaba tanavvul qilgan chak-chak taomiga konyak qo‘shilar ekan. Aytishlaricha buni qo‘shmasa bo‘lmas emish, aromatizator va tam berar ekan. Men shubxalandim, ammo opam aytdilarki istemol qilayotgan ko‘p shokolat va shirinliklarning xammasida konyak bor emish. Shu rostmi? Qidirish bo‘limidagi javobda «istemol qilish joiz emas» degan javob bergan ekansizlar. «Konyak qo‘shilgan bo‘lsada, mast qilmaydi-ku» - degan fikr aytishdi. Konyak qo‘shilgan shirinliklar xarommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Opangiz noto‘g‘ri gapni aytgan. Hammasiga ham qo‘shilmaydi. Mast qiluvchi ichimlik najosat bo‘lgani uchun qo‘shilgan narsa halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 21:21 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar