Munofiqlik va zikr xaqida
Assalomu alaykum! Kishi biror kishini yoqtirmay qolgan. Balki xaraktiri yoki biror sabab bilan. Endi shuni balki ilojsizlik yoki nizo chiqmaslik uchundir ko‘rishganda yaxshi muomala qilishga xarakat qiladi. Sezdirmaslikka xarakat qiladi. Asli ichida yoqtirmaydi. Bunga o‘xshash xollarda kishi munofiq bo‘lib qomaydami? Bu dunyoda xammani birdek yoqtirish qiyin. Yoqtirmasligini ustiga chiqarsa ish kattalashishi, nizo shunga o‘xshash xollar. Bunday xolatda qanday yo‘l tutiladi. Munofiq bo‘lib qomaydami? Yoki oshkor etish kerakmi? 2. Kishi doimo Allohni zikr qilishda tilini shu bilan xo‘l etishga xarakat qilib yurganda, ish bilandir yoki boshka xolatda aytishi to‘g‘rimi? Shuningdek og‘ziga qaysi zikr o‘ng kelsa, qaysi istig‘for, salovot o‘ng kelsa shuni aytishi to‘g‘rimi? Maqsad Allohni zikrida bardavom bo‘lish, tilni shu bilan xo‘l qilish. Yoki faqat malum bir zikrni aytishi kerakmi? Xozirgi kunda biror axli ilmni oldiga borib aytish kerakmi? Yoki uzi Alloh qodir qilgancha zikr qilib yursa bo‘ladimi? Zikrni fazilatidan umid qilgan xolda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Mo‘min kishining biror noshar’iy ishini emas, shunchaki o‘zini yomon ko‘rish shariatimizda qoralangan. Mo‘minlar bir-birlariga birodardirlar. Oralarida o‘zaro gina-adovat qilish, ko‘ra olmaslik, obro‘sini to‘kish, g‘iybat qilish kabi illatlar bo‘lmasligi kerak.QALB G‘IYBATIGohida g‘iybat qalb bilan ham sodir etiladi. Bu musulmonlar haqida yomon gumon qilish ila bo‘ladi.
Alloh taolo Hujurot surasida marhamat qiladi:
«Ey iymon keltirganlar! Ko‘p gumonlardan chetda bo‘linglar, chunki ba’zi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar» (12-oyat).
Gunohga olib boruvchi illatlardan biri badgumonlikdir. Badgumonlik kishilar haqida bo‘lar-bo‘lmasga yomon shubhalar qilish, ularga nisbatan tuhmat va hadik ma’nosida fikr yuritishdir. Odatda bunday gumonlarning ko‘pi asossiz, behuda bo‘ladi. Shu boisdan ham «Ko‘p gumonlardan chetda bo‘linglar», deyilmoqda.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِيَّاكُمْ وَالظَّنَّ، فَإِنَّ الظَّنَّ أَكْذَبُ الْحَدِيثِ، وَلَا تَحَسَّسُوا وَلَا تَجَسَّسُوا، وَلَا تَنَافَسُوا، وَلَا تَحَاسَدُوا، وَلَا تَبَاغَضُوا، وَلَا تَدَابَرُوا، وَكُونُوا عِبَادَ اللهِ إِخْوَانًا . رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Badgumonlikdan saqlaning. Albatta, badgumonlik eng yomon yolg‘onchilikdir. Poylash va josuslik bilan shug‘ullanmang. O‘zaro raqib bo‘lmang va o‘zaro hasad qilmang. Bir-biringizni yomon ko‘rmang va bir-biringizga qarshi tadbir qilmang. Allohning bandalari, birodar bo‘linglar», dedilar».
To‘rtovlari rivoyat qilishgan.
O‘tgan ulamolardan Zajjoj rahmatullohi alayhi aytadi: «Badgumonlik yaxshi kishilar haqida yomon gumon qilishdir. Ammo ahli fisq bo‘lsa, undan nima fosiqlik zohir bo‘lgan bo‘lsa, shuni gumon qilishga haqqimiz bor».
O‘ylab ko‘rilsa, o‘zaro nizolar va kelishmovchiliklar ko‘p hollarda bir-biridan yomon gumonda bo‘lishdan ham kelib chiqadi. Yomon gumondan chetda bo‘lish uchun doimo kishilar haqida yaxshi gumonda bo‘lish, ular haqida etgan xabarlarni yaxshilikka yo‘yish kerak.
Bu haqda hazrati Umar roziyallohu anhu: «Agar yaxshilikka burishning birorta yo‘li bo‘lsa ham, mo‘min birodaringdan chiqqan so‘z haqida faqat yaxshi gumon qil», degan ekanlar.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِيَّاكُمْ وَالظَنَّ، فَإِنَّ الظَّنَّ أَكْذَبُ الْحَدِيثِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Zinhor va zinhor badgumon bo‘lmanglar. Chunki badgumonlik so‘zning eng yolg‘onidir», dedilar».
Buxoriy rivoyat qilgan.عَنْ مُعَاوِيَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إنَّكَ إنْ تَتَبَّعْتَ عَوْرَاتِ النَّاسِ أَفْسَدْتَهُمْ.Muoviya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Agar odamlarning aybini axtaradigan bo‘lsang, ularni buzasan», dedilar».2). Istagan zikrini aytishi mumkin. Bu borada biror cheklov yo‘q. Vallohu a’lam!
19 Dekabr 2023, 16:32 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar