Dizayn

Assalomu alaykum! Oddiy ustaman. Ilm olmoqchiman. Insitutda o‘qishga sharoitim yo‘q. Shuning uchun kurslarda o‘qimoqchiman. Boshida buxgalterlikka o‘qimoqchi bo‘ldim. Lekin uni foiz bilan ish qilganda yordamchi bo‘lib qolishini o‘ylab niyatimdan qaytdim. Endi Grand ta’limdagi interer dizayn va arxitektura yo‘nalishi bo‘yicha o‘qimoqchiman. Yana hayolimga dizayn chizsang hozir odamlar bilamizki uyiga turli odamlar, hayvonlar rasmlarini chizdirmoqda. Uni esa dizayner boshida ko‘rsatib beradi. Xullas qaysidir kasbni o‘ylamay shunaqa yomon tarafi xayolimga kelyapti. Interer dizayn arxitektura yo‘nalshi bo‘yicha o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘qisangiz bo‘ladi, noshar’iy ishlarini qilmang. O‘rniga shar’iy yo‘lini topadigan mutaxassis bo‘ling. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 21:54 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar