Kimga itoat qilay? Sunnatgami yoki otamgami?

Assalomu aleykum shayh hazratlari. Soqol quyish quymaslik haqidagi savollarni kurib chiqdim lekin mening holatimga yaqin bulgan javobni topa olmadim. Bilamizki soqol quyish sunnatdir. Soqol quymoqchi bulsam otam umuman qarshi chiqadilar hatto janjal qilishgacha boradilar. Bir domlani ma’ruzasini tinglaganimda: mayli hech iloji qolmaganda sunnatni tark qilgin lekin ota-onangni kunglini ranjitma ularni hafa qilma dedi. Hatto quroni karimda ham ota-onaga itoat qilishlik haqida kuplab oyatlar bor. Lekin payg‘ambarimiz (s.a.v) KIM MENI MOLU-DUNYOSIDAN HAM , FARZANDLARI, AYOLIDAN, OTA-ONASIDAN HAM HATTO UZ JONIDAN HAM KUPROQ YAHSHI KURMASA IMONI KOMIL BULMAYDI degan hadislari bor. Kuplab sahobalar ham rasululloh (s.a.v) uchun jonlarini ham ayamagan. Rasulullohni (s.a.v) yahshi kurishlik esa sunnatlarini bajarishlik bilan buladi. Hazrat iltimos maslahat bering, kimga itoat qilay, sunnatgami yoki otamgami ?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Shu gaplarni otaga tushuntirish kerak.

27 May 2022, 01:36 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar